O'zbekistonda Onix avtomobili sotuvga chiqarilgani haqidagi xabar asossiz - O'zavtosanoat

10:52 15 Sentyabr 2021 Jamiyat
274 0

 

Ijtimoiy tarmoqlarda “Onix avtomobili sotuvga chiqdi» sharhli video tarqaldi. Oʻzavtosanoat xabarni asossiz ekanini maʼlum qildi.

Kompaniya axborot xizmati xabar berishicha, bugungi kunda sotuvda mavjud boʻlgan avtomobillar roʻyxati bilan uzautomotors.com sayti orqali tanishish mumkin.

Chevrolet Onix avtomobilini yagona platformadagi ishlab chiqarish imkonini beradigan oʻrnatish va ishga tushurish ishlari joriy yilning iyul-avgust oyida olib borilgan.

Tarqalgan videoda aytilganidek yonilgʻi sarfi 8 litrli emas, aksincha sezilarli darajada tejamkor 6 litrgacha boʻladi, deyiladi kompaniya axborotida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?