Oʻzbekistonda “Moderna” vaksinasining ikkinchi dozasini olishda taqchillik boʻladimi?

14:36 16 Avgust 2021 Jamiyat
187 0

Biz oilamiz bilan Moderna vaksinasi bilan emlandik. Ushbu vaksinaning 2-dozasi taʼminotida uzilish boʻlmaydimi? Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Sevara Ubaydullayeva javob berdi.

«Davlatimizda vaksinalar kelishi va emlanish jarayoni borasida logistik taqsimot va nazoratini olib borish uchun elektron nazorat tizimi mavjud. Mazkur tizim asosida zaxiradagi vaksinalar va emlanayotganlar soni va taʼminot oʻz vaqtida boʻlishi olib boriladi.

Moderna vaksinasi olib kelindi, siz bu vaksina bilan emlangan boʻlsangiz, logistik roʻyxatga kiritilgansiz va keyingi bosqich vaksinatsiyaga kelish sanangiz ham belgilanib qoʻyilgan. Birinchi doza vaksinani olganlar uchun ikkinchi doza taʼminoti albatta boʻladi.

Agar zaxiradagi vaksinalar miqdori roʻyxatdan oʻtgan 2-doza oluvchilar soniga tenglashsa, vaksinani birinchi marta oluvchilar uchun emlash toʻxtatiladi», deydi mutaxassis.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?