Oʻzbekistonda migrantlarga ish bilan taʼminlash xarajatlarini qoplash uchun kreditlar ajratiladi

21:12 25 Dekabr 2021 Jamiyat
1036 0

Joriy yilning 24-dekabr kuni “Transchegaraviy pul oʻtkazmalarini taʼminlash boʻyicha toʻlov tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror qabul qilindi, deya xabar beradi Adliya vazirligi.

Qayd etilishicha, Oʻzbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish xarajatlarini qoplash maqsadida kredit ajratish loyihasi ishlab chiqiladi.

Farmonga koʻra, Milliy bank negizida xorijdan Oʻzbekistonga pul oʻtkazmalarini amalga oshirish uchun “Yagona transchegaraviy pul oʻtkazmalari” toʻlov tizimi yaratiladi.

Toʻlov tizimi apparat va dasturiy taʼminotni, shuningdek, uning ishtirokchilari uchun vakillik hisobvaraqlari orqali xalqaro pul oʻtkazmalari boʻyicha hisob-kitoblarni oʻz ichiga olgan platformadir.

“Азия – Инвест Банк” AJ (Moskva shahri) ushbu toʻlov tizimi orqali amalga oshirilgan transchegaraviy oʻtkazmalar boʻyicha Rossiya Federatsiyasidagi hisob-kitob banklaridan biri hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер