Oʻzbekistonda maktablar yetishmasligi muammosi qanday hal etilmoqda
Mamlakatimizda 2018-2021-yillarda maktablarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida qoʻshimcha 474,5 ming oʻquvchi oʻrni yaratildi.
58,7 ming oʻringa moʻljallangan 156 ta maktab va 1511 ta umumtaʼlim maktabida ustuvorlik nisbati oshirilgan qoʻshimcha oʻquv binolari qurilishi natijasida 371,4 ming oʻquvchi oʻrni yaratishga erishildi.
Yuqoridagilardan olingan yarim millionga yaqin oʻrinni yaratish uchun davlat byudjetidan besh trillion soʻm ajratildi.
Shuningdek, maktablarning 11 yillik taʼlim tizimiga oʻtkazilishi munosabati bilan boʻshatilgan 383 ta kasb-hunar kollejini maktabga aylantirish hisobiga 221 ming qoʻshimcha oʻquvchi oʻrni yaratildi.
Hukumat qarori bilan tasdiqlangan tegishli hujjatga muvofiq, 2022-yilda respublikada 306 ta umumtaʼlim maktabi, jumladan, 15 176 oʻrinli 37 maktab qurish, 71 819 oʻrinli 180 maktabni rekonstruksiya qilish, 89 tasini kapital taʼmirlash rejalashtirilgan.
2022-2026-yillarda maktablarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun oʻrganish natijalariga koʻra tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan 1,2 million dollar ajratish koʻzda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring