Oʻzbekistonda mahsulot yoki xizmat narxi 3 ming dollardan oshgan taqdirda naqd pul toʻlashni taqiqlash taklif qilindi

13:55 30 Aprel 2024 Iqtisodiyot
387 0

Oʻzbekistonda koʻchmas mulk va transport vositalarini sotishni faqat naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida amalga oshirish taklif etilmoqda. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.

Loyihaga koʻra, yuqoridagi operatsiyalar doirasidagi komissiyalar tugatilishi rejalashtirilgan. Jismoniy shaxslar bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomalari bank maʼlumotlari asosida, yuridik shaxslar bilan esa naqd pulsiz toʻlovni tasdiqlovchi hujjat mavjud boʻlsa, elektron hisobvaraq-fakturalar orqali notarial tasdiqlanishi kerak boʻladi. Tegishli loyiha hali jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilmagan.

Agar mahsulot yoki xizmat narxi 3 ming dollardan (taxminan 37,6 million soʻmdan) oshsa, naqd pulsiz toʻlov taklif etiladi.

Bundan tashqari, byudjet tashkilotlari, jumladan, oliy oʻquv yurtlari va yirik soliq toʻlovchilar, shuningdek, harbiy xizmatchilarning ish haqini 100 foiz ish haqini bank kartasiga oʻtkazish yoʻli bilan berish taklif qilinmoqda.

Shuningdek, faqat naqd pulsiz shaklda toʻlanadigan xizmatlar katalogi ham tasdiqlash taklif etilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер