Oʻzbekistonda mahallalar soni 9 255 taga yetdi

21:15 07 Sentyabr 2021 Jamiyat
676 0

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati maʼlum qilishicha, joriy yil 1-sentyabr holatiga respublika boʻyicha fuqarolar yigʻinlari soni 5 taga koʻpayib, 9 255 tani (2021-yil 1-iyul holatiga 9 251 ta) tashkil etmoqda.

Shundan 41 tasi shaharcha, 81 tasi qishloq, 164 tasi ovul, 8969 tasi mahalla fuqarolar yigʻinini tashkil etadi.

Shuningdek, jamoatchilik asosida faoliyat koʻrsatayotgan mahallalar 6 tani (Andijonda – 1 ta, Surxondaryoda – 2 ta, Toshkent viloyatida – 3 tani) tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?