Oʻzbekistonda korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan davlat organlari roʻyxati shakllantiriladi

21:01 23 Oktyabr 2021 Jamiyat
2355 0

Oʻzbekistonda korrupsiya manbai boʻlgan yoki unga xizmat qiladigan lavozimlar roʻyxati shakllantiriladi. Shunga oid Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasi umumxalq muhokamasiga qoʻyildi.

Qaror loyihasiga koʻra:

- keng aholi qatlami, tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar, mahalliy va halqaro ekspertlar oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkaziladi;

- soʻrovnomalar natijalarini tahlil qilish asosida davlat organlari va hududlarda korrupsiyaning tarqalganlik darajasini aniqlanadi.

Baholash natijalari asosida korrupsiyaning tarqalganlik darajasi reytingi, shu jumladan korrupsiya xavfi yuqori boʻlgan davlat organlari va hududlar roʻyxati shakllantiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?