Oʻzbekistonda koronavirusning yangi shtammi — «Omikron» aniqlandimi? 

00:20 02 Dekabr 2021 Jamiyat
714 0

Illyustrativ foto

Hozirga qadar Oʻzbekistonda koronavirusning yangi shtammi — «Omikron» aniqlangani yoʻq. Bu haqda Innovatsion rivojlantirish vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazi tomonidan maʼlum qilindi.

“Hozir respublikamizda SARS-CoV-2 uchun ishlatilayotgan PZR diagnostikasi ushbu variantni aniqlashi mumkin. Kasallik belgilari mavjud boʻlish yoki boʻlmasligidan qatʼiy nazar «Omikron” tarqalgan hududlarga borib kelgan barcha hamyurtlarimizdan olingan namunalarni tanlab olish yoʻli orqali chuqurroq oʻrganish orqali ushbu virus hududimizga kirib kelgan yoki kirib kelmaganligiga baho berish mumkin.

Eslatib oʻtamiz, SARS-CoV-2 virusining yangi shtammlarini oʻrganish uchun Innovatsion rivojlantirish vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazida yuqumli kasalliklar shifoxonasidan PZR usulida olingan musbat natijali namunalar PZR skriningi orqali tekshiruvdan oʻtkaziladi. Ular orasidan mutatsiyaga uchragan namunalar aniqlansa, ularning genom qismlarida «Omikron shtamm»i mavjudligi oʻrganiladi va tasdiqlanadi. «Omikron» shtammi oʻrganilgan namunalarda aniqlansa, qoʻshimcha xabar beriladi», deyiladi markaz axborotida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?