Oʻzbekistonda koronavirusni yuqtirib olganlar soni yana oshdi

10:27 16 Mart 2020 Jamiyat
1116 0

Avval xabar berganimizdek, shu yilning 15-mart kuni Respublika Virusologiya instituti laboratoriyasida Fransiyada boʻlib qaytgan bir nafar Oʻzbekiston fuqarosida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangan edi. Ayni paytda epidemiologik surishtiruv hamda kasallikni tarqalib ketmasligi uchun barcha profilaktik chora-tadbirlar toʻliq amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, bemor bilan birga muloqotda boʻlgan barcha oila aʼzolarini ham respublika Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasi yotqizildi. Mutaxassislarimiz tomonidan ularga tibbiy nazorat oʻrnatilib, ixtisoslashgan laborator tahlildan oʻtkazildi. Tahlil natijalari bemorning oʻgʻli va qizida koronavirus infeksiyasi borligini koʻrsatdi.

Shuningdek, shu yilning 15-mart kuni soat 05-15 da Oʻzbekiston havo yoʻllari avia kompaniyasiga qarashli Istanbul — Toshkent yoʻnalishidagi 274- reys bilan kelgan Oʻzbekiston fuqarosida ham ushbu infeksiya aniqlangan. Laborator tahlil respublika Virusologiya ilmiy tekshirish institutida oʻtkazilgan.

Hozirda shifokorlar va mutaxassislar tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davolash va epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda, deyiladi Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi axborotida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?