Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi jami 16 million dozadan ortiq vaksina qoʻllanildi — SSV

15:47 10 Sentyabr 2021 Jamiyat
280 0

9-sentyabrda mamlakatimiz hududlari boʻylab 320 394 doza COVID-19ga qarshi vaksina qoʻllanildi. Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 65 568 nafarni,
2-bosqich emlanganlar 202 021 nafarni,
3-bosqich emlanganlar 52 805 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 16 298 534 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 9 853 541 nafarni,
2-bosqichda emlanganlar 4 832 365 nafarni,
3-bosqich emlanganlar 1 612 628 nafarni tashkil qildi.

Shu kungacha toʻliq emlangan fuqarolar 2 884 433 nafarni tashkil qilmoqda.

Kecha emlash koʻrsatkichlari boʻyicha yuqori oʻrinlarni:
Samarqand viloyati (66 656 doza),
Andijon viloyati (36 084 doza),
Fargʻona viloyati (29 255 doza) band qildi.

Jami emlashlar boʻyicha yuqori koʻrsatkichlar:
Fargʻona viloyatida 1 866 297 doza,
Namangan viloyatida 1 797 341 doza,
Andijon viloyatida 1 752 700 dozani tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?