Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi toʻliq emlanganlar soni 2,7 million nafardan oshdi — SSV

14:12 09 Sentyabr 2021 Jamiyat
692 0

8-sentyabrda mamlakatimiz hududlari boʻylab 281 054 doza COVID-19ga qarshi vaksina qoʻllanildi. Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 48 023 nafarni,

2-bosqich emlanganlar 188 035 nafarni,

3-bosqich emlanganlar 44 996 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 15 978 140 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 9 787 973 nafarni,

2-bosqichda emlanganlar 4 630 344 nafarni,

3-bosqich emlanganlar 1 559 823 nafarni tashkil qildi.

Shu kungacha toʻliq emlangan fuqarolar 2 710 887 nafarni tashkil qilmoqda.

Kecha emlash koʻrsatkichlari boʻyicha yuqori oʻrinlarni:

Andijon viloyati (36 555 doza),

Fargʻona viloyati (36 324 doza),

Samarqand viloyati (25 630 doza) band qildi.

Jami emlashlar boʻyicha yuqori koʻrsatkichlar:

Fargʻona viloyatida 1 837 042 doza,

Namangan viloyatida 1 776 892 doza,

Andijon viloyatida 1 716 616 dozani tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?