Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 65 ming nafarga yaqinlashdi

10:24 08 Aprel 2021 Jamiyat
247 0

7-aprel kuni Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlaridan jami 15250 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi. Bu vaksinatsiyaning ilk haftasidagi eng yuqori natija boʻldi.

Shu tariqa ayni kungacha koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 64 852 nafarga yetdi.

7-aprel kunidagi emlash koʻrsatkichlari boʻyicha yuqori oʻrinlarni:

Namangan viloyati (2521 nafar),

Samarqand viloyati (1732 nafar),

Toshkent viloyati (1539 nafar),

Andijon viloyati (1529 nafar),

Toshkent shahri (1394 nafar),

Qashqadaryo viloyati (1381 nafar)

Jizzax viloyati (1061 nafar)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi (1030 nafar) band qildi.

Yana bir eʼtiborli jihati shuki, poytaxtimizda koronavirusga qarshi emlangan aholi hududlar orasida birinchi boʻlib 10 ming nafardan oshdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?