Oʻzbekistonda koronavirusga chalingan 229 nafar bemor ogʻir ahvolda

10:07 12 Aprel 2021 Jamiyat
560 0

2021-yil 11-aprel holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 85114 (+192) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

7 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida,

2 nafari Andijon viloyatida,

5 nafari Buxoro viloyatida,

2 nafari Jizzax viloyatida,

2 nafari Namangan viloyatida,

24 nafari Samarqand viloyatida,

3 nafari Sirdaryo viloyatida,

10 nafari Fargʻona viloyatida,

2 nafari Xorazm viloyatida,

15 nafari Toshkent viloyatida,

120 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

Qashqadaryo viloyatida 1 nafar,

Namangan viloyatida 6 nafar,

Samarqand viloyatida 16 nafar,

Surxondaryo viloyatida 2 nafar,

Fargʻona viloyatida 2 nafar,

Toshkent viloyatida 18 nafar,

Toshkent shahrida 138 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sogʻayganlar jami 82943 (+183) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1537 nafar bemordan 229 nafari ogʻir, 104 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?