Oʻzbekistonda koronavirusdan vafot etganlar 574 nafarga yetdi

00:18 04 Noyabr 2020 Jamiyat
208 0

Shu yilning 3-noyabr kuni mamlakatimizda 231 holatda kasallik qayd etildi.

Shu bilan birga, bugun 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami koʻrsatkich 574 nafarga yetdi.

Eʼtiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Fargʻona, Xorazm viloyatlarida 214 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 67 626 nafar bemordan 64 885 nafari sogʻayib, davolanish koʻrsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 167 nafar bemordan 257 nafari ogʻir, 69 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?