Oʻzbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni oshdi

10:11 25 Noyabr 2020 Jamiyat
114 0

2020-yil 24-noyabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 72 039 (+192) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

5 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida,

5 nafari Jizzax viloyatida,

2 nafari Qashqadaryo viloyatida

4 nafari Surxondaryo viloyatida,

11 nafari Fargʻona viloyatida,

47 nafari Toshkent viloyatida,

118 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, kecha 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami koʻrsatkich 605 nafarga yetdi.

Kecha kun davomida:

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 5 nafar,

Jizzax viloyatida 7 nafar,

Qashqadaryo viloyatida 2 nafar,

Fargʻona viloyatida 9 nafar,

Surxondaryo viloyatida 6 nafar,

Toshkent viloyatida 43 nafar,

Toshkent shahrida 112 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sogʻayganlar jami 69 302 (+184) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2132 nafar bemordan 199 nafari ogʻir, 50 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?