Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolarning sogʻayish koʻrsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda

12:54 01 Dekabr 2020 Jamiyat
168 0

2020-yil 1-dekabr coat 12:30 ga qadar Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 73 145 (+51) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlari:

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 5 nafar,

Jizzax viloyatida 2 nafar,

Qashqadaryo viloyatida 1 nafar,

Namangan viloyatida 5 nafar,

Surxondaryo viloyatida 4 nafar,

Fargʻona viloyatida 9 nafar,

Xorazm viloyatida 3 nafar,

Toshkent viloyatida 6 nafar,

Toshkent shahrida 16 nafar,

koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Yurtimizda 70 337 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sogʻayish koʻrsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Hozirda mamlakatimizda 2 198 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?