O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish holatlari soni yana ortmoqda — SSV

10:41 17 Sentyabr 2021 Jamiyat
495 0

O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish holatlari soni yana ortmoqda, kecha 630 nafarga yaqin kishida kasallik qayd etildi.

2021 yil 16 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 167268 (+624) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:
65 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
15 nafari Andijon viloyatida,
9 nafari Buxoro viloyatida,
14 nafari Jizzax viloyatida,
5 nafari Qashqadaryo viloyatida,
6 nafari Navoiy viloyatida,
17 nafari Namangan viloyatida,
51 nafari Samarqand viloyatida,
10 nafari Sirdaryo viloyatida,
18 nafari Surxondaryo viloyatida,
56 nafari Farg‘ona viloyatida,
19 nafari Xorazm viloyatida,
123 nafari Toshkent viloyatida,
216 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida: 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 90 nafar, 
Andijon viloyatida 35 nafar,
Jizzax viloyatida 23 nafar, 
Qashqadaryo viloyatida 10 nafar,
Navoiy viloyatida 28 nafar,
Namangan viloyatida 8 nafar, 
Samarqand viloyatida 149 nafar,
Surxondaryo viloyatida 42 nafar,
Farg‘ona viloyatida 56 nafar,
Toshkent viloyatida 241 nafar,
Toshkent shahrida 295 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 160421 (+977) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1179 nafarni tashkil qildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?