Oʻzbekistonda koʻpriklar uchun taqsimlangan mablagʻning 71 foizi Qashqadaryoga ajratilganligi maʼlum qilindi

12:11 21 Avgust 2021 Jamiyat
522 0

Qashqadaryo viloyat hokimi rahbarligida oʻtkazilayotgan yigʻilishda Respublika byudjetidan koʻpriklarga ajratilgan mablagʻning 71 foizi Qashqadaryo viloyati uchun ajratilganligi maʼlum qilindi.

«Viloyatda bitta koʻprik loyiha bilan shugʻullanuvchi tashkilot va ikkita koʻprik quruvchi tashkilotlar faoliyat yuritadi. Shu sababli viloyatimizda olib borilayotgan koʻprik qurish ishlariga boshqa viloyatlardan ham koʻprik qurish tashkilotlarini qurilish ishlariga jalb qilganmiz», dedi Zoyir Mirzayev.

Maʼlumot oʻrnida, Qamashi tumanida joriy yilda 5 ta hududda koʻprik qurilish ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?