O‘zbekistonda ko‘plab xorijiy aviakompaniyalar xizmat ko‘rsatishi yo‘lga qo‘yiladi

12:27 12 Iyul 2018 Jamiyat
1232 0
Foto: Uzairways

Nukus aeroportida yangi terminali foydalanishga topshirilgani haqida xabar bergandik. Uning ochilish marosimida O‘zbekiston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov so‘zga chiqdi.

“O‘zbekistonda yaqin vaqtlarda “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasidan tashqari ko‘plab boshqa xorijiy aviakompaniyalar xizmat ko‘rsatishi yo‘lga qo‘yiladi. Nukus shahridagi Saviskiy nomidagi san’at muzeyiga xorijiy sayyohlarda qiziqish juda katta. Bu o‘z navbatida xorijiy aviakompaniyalar yanada ko‘proq sayyohlarni olib kelishga yordam beradi. Ularni taklif qilish bo‘yicha aviakompaniyalar bilan muzokaralar olib bormoqdamiz”, — deb ta’kidladi Ochilboy Ramatov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер