Oʻzbekistonda koʻchatlar va payvandtaglarni sotib olishda subsidiyalar beriladi

Hukumat qarori bilan Qishloq xoʻjaligi birlashmalarining aʼzolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va tadbirkorlik subyektlariga mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv koʻchatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, subsidiyalar koʻchatlar va payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun beriladi (danak va urugʻdan koʻpaytirilgan payvandtaglar bundan mustasno).
Subsidiyaning bazaviy hisoblash miqdori sotib olinadigan koʻchatlar va payvandtaglarning har bir donasi uchun quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
intensiv meva va uzum koʻchati uchun – 8 000 soʻm;
payvandtag uchun – 2 500 soʻm.
Subsidiya miqdori tok koʻchatlari (xoʻraki va kishmishbop) uchun 0,15, urugʻli mevalar uchun 0,50, danakli mevalar uchun 0,75, yongʻoq mevalar uchun 1,00 koeffitsiyentlarni bazaviy hisoblash miqdoriga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
Har yili 1-noyabrga qadar loyiha tashabbuskorlarining intensiv koʻchatlar turlari, navlari va miqdoriga boʻlgan talabini aniqlash maqsadida intensiv bogʻ va tokzor barpo etish boʻyicha loyihalarning manzilli roʻyxati shakllantiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda 181 ming gektar tokzorlar mavjud — Qishloq xoʻjaligi vazirligi
- Ixcham va samarali boshqaruv tizimini yaratish vazifasi qoʻyildi
- “Oltin toʻp”ga daʼvogarlarning toʻliq roʻyxati eʼlon qilindi, unda Messi yoʻq
- Mamlakatimiz qurilish sohasi xodimlariga
- 2022/2023 oʻquv yilidan yurtimizda ilk bor transplantologiya va kardioxirurgiya boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi
- Kirish test sinovlarining birinchi kun natijalari eʼlon qilindi — DTM
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring