Oʻzbekistonda Xitoyning 3 ta nufuzli universitetining filiali ochiladi

13:08 14 May 2024 Jamiyat
413 0

Shu kunlarda Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri oʻrinbosari Lyu Gochjun boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizda boʻlib turibdi.

Hamkorlik doirasida 13-may kuni Oʻzbekiston—Xitoy hukumatlararo qoʻmitasining yettinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvlarda siyosat, iqtisod, savdo kabi sohalar bilan bir qatorda taʼlim yoʻnalishida ham hamkorlik masalalari koʻrib chiqildi.

Xususan, mamlakatimizda Xitoyning 3 ta nufuzli universitetining filiali ochiladi. Ularda sanoat, qishloq xoʻjaligi, neftni qazib olish, arxitektura hamda tibbiyot yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlash koʻzda tutilmoqda.

Avvalroq XXR Bosh vaziri oʻrinbosari Lyu Gochjun boshchiligidagi delegatsiyani Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabul qilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?