Oʻzbekistonda Xitoy vaksinasining tekshiruv jarayoni boshlandi

Joriy yilning 21-oktyabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi koronavirusga qarshi rekombinant vaksinaning klinik sinovlarini Oʻzbekistonda tashkil etish masalasi boʻyicha Xitoy Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya instituti va “Anhui Zhifei Longcom Biopharmacyeutical” kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar oʻtkazgan edi.
2020-yil 19-noyabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligining Ilgʻor texnologiyalar markazi tomonidan sifat nazorati tekshiruvlarini oʻtkazish uchun taqdim qilingan vaksina, platsebo namunalari va tegishli standartlar hamda reagentlar Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi huzuridagi Davlat markazi tomonidan qabul qilindi.
Hozirgi vaqtda Davlat markazining Farmakologiya qoʻmitasi tomonidan ushbu vaksina klinik tadqiqotlarining birinchi va ikkinchi bosqichlar hujjatlari ekspertizasi, shuningdek, “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKning Vaksina, zardob preparatlari va mikrobiologik tahlil laboratoriyasi, Dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasi hamda Farmako-toksikologik laboratoriyada vaksinaning sifat nazorati tekshiruvlari oʻtkazilmoqda. Taʼkidlash joiz, barcha amalga oshirilayotgan ishlar Sogʻliqni saqlash vazirligi nazoratida.
Tekshiruvlar ijobiy yakunlanganidan soʻng, Davlat markazi va Etika qoʻmitasining ijobiy xulosasiga muvofiq, vaksinaning uchinchi bosqich klinik tadqiqotlarini Oʻzbekistonda oʻtkazish masalasi hal etiladi.
Eslatib oʻtamiz, Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Oʻzbekistonda sinovdan oʻtkazilishi kutilayotgan Xitoy vaksinasining umidbaxsh ekanligini taʼkidlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kun fotosi: Hokim fuqarolarning xonadonini oqlab berdi
- Kun fotosi: Namangan viloyati hokimining vaqtinchalik uyi deyarli tayyor boʻldi
- Toshqulov rektorlar nobud boʻlgan 5 nafar talabaning janozasida qatnashib marhumlarning ota-onalariga moddiy yordam berilganini maʼlum qildi
- Kun fotosi: Buxoroda 1000 ta “konteyner uy” imtiyozli kredit asosida muhtoj oilalarga tarqatiladi
- Gʻaniyev taqdimot vaqtida qiyinchilikka duch keldi, Prezident uning rejalaridan qoniqmadi
- Kun fotosi: Buxoro viloyati hokimi ham konteynerga koʻchib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring