Oʻzbekistonda xarid qilingan tovarlar orqali ikki hafta ichida besh milliard soʻmdan ortiq naqd pul qaytarib qolindi

00:52 15 Yanvar 2022 Iqtisodiyot
569 0

Xarid qilingan tovar (xizmat)lar qiymatidan 1% keshbekka ega boʻlish imkoniyati isteʼmolchilar orasida tobora ommalashib bormoqda.

Xususan, mazkur tizim amaliyotga joriy etilgach, dastlabki 14 kunda:

keshbek olish uchun 401 604 ta QR-kodli chek roʻyxatga olindi;

jami keshbek summasi 5 mlrd soʻmdan ortiqni tashkil etdi;

“Soliq” mobil ilovasida 25 mingdan ortiq yangi foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtdi.

Buni intizomli soliq toʻlovchilar safi kengayib borayotgani hamda onlayn nazorat-kassa mashinalaridan foydalanish ustidan jamoatchilik nazorati kuchaygani bilan izohlash mumkin.

Shu bilan birga, cheklardagi maʼlumotlarni notoʻgʻri koʻrsatish, QR-kodli cheklarni bermaslik, boshqa shaxslarning cheklari hisobiga keshbekka ega boʻlish kabi isteʼmolchilar huquqlarini poymol qiluvchi, keshbek amaliyotiga salbiy taʼsir etayotgan holatlarning yuzaga kelayotgani kuzatilmoqda. Jumladan, savdo xodimlari tomonidan onlayn-NKM cheklarining nusxasi (dublikat)ni chop etgan holda xaridordan avvalroq roʻyxatdan oʻtkazish holatlari koʻp uchramoqda.

Shu bois, isteʼmolchilar huquqlarini har tomonlama himoya qilish va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida quyidagi talablar oʻrnatilmoqda:

– QR-kodli chek birinchi marta SOLIQ mobil ilovasida skanerlanganda isteʼmolchi tomonidan kiritilgan telefon raqami bilan maʼlumotlar bazasida avtomatik roʻyxatga olinadi. Qayta skanerlanganda qurilma ekranida chek qaysi raqam orqali roʻyxatga olinganini koʻrsatuvchi eslatma paydo boʻladi;

– har bir fuqaro bir kunda bitta savdo nuqtasidan 5 tagacha chekni roʻyxatga olish tartibi joriy etilmoqda. 6-chek roʻyxatdan oʻtkazilganda qurilma ekranida kunlik limit tugaganligi toʻgʻrisida eslatma paydo boʻladi.

DSQ keshbek amaliyoti toʻgʻri qoʻllanilishini doimiy nazorat qilib borish bilan birga, isteʼmolchilar firk-mulohazalarini inobatga olgan holda tizimni takomillashtirib boradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?