Oʻzbekistonda xalqaro imtihon tizimlarida yuqori ball toʻplagan yoshlarga xarajatlari toʻliq qoplab beriladi

16:44 14 Aprel 2021 Jamiyat
1614 0

Bu haqda Hukumatning tegishli qarori qabul qilindi deya xabar bermoqda OʻzA.

Xarajatlarni qoplashni soʻrab, imtihon topshirish paytida 31 yoshga toʻlmagan Oʻzbekiston fuqarolari va Oʻzbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal orqali murojaat qilishlari mumkin boʻladi.

Maxsus sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlangandan soʻng Yoshlar ishlari agentligi tomonidan kompensatsiya mablagʻlari Xalq bankining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va ariza beruvchiga SMS xabar yuboriladi. Kompensatsiyani Xalq banki filialidan naqd yoki naqd pulsiz shaklda olish mumkin.

5 ta xalqaro imtihon tizimi (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT) boʻyicha kompensatsiyalar 2021-yil 1-maydan boshlab toʻlanadi, yana 13 ta imtihon tizimi boʻyicha xarajatlar 2022-yil 1-yanvardan qoplanishni boshlaydi.

Xalqaro imtihon tizimlarining roʻyxati va minimal ball (daraja) miqdori ilovada berilgan.

 

 

 

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?