Oʻzbekistonda kakao va undan tayyorlangan mahsulotlar importi oshgan

11:11 12 Yanvar 2022 Iqtisodiyot
491 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar — noyabr oylarida Oʻzbekiston 39 ta xorijiy davlatlardan qiymati qariyb 100 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 42,8 ming tonna kakao va undan tayyorlangan mahsulotlarni import qilgan.

Kakao va undan tayyorlargan mahsulotlar importi 2020-yilning mos davri bilan solishtirilganda 12,8 ming tonnaga oshgan.

2021-yilning 11 oyida import qilingan kakao va undan tayyorlangan mahsulotlarining eng katta ulushiga ega boʻlgan davlatlar:

— Rossiya – 32,2 ming tonna

— Ukraina – 2,6 ming tonna

— Niderlandiya – 1,3 ming tonna

— Qozogʻiston – 1,3 ming tonna

— Turkiya – 1,2 ming tonna

— Malayziya – 1,2 ming tonna

— Germaniya – 256 tonna.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?