Oʻzbekistonda yiliga qancha asal yetishtirilishi ochiqlandi

12:46 02 Iyun 2022 Iqtisodiyot
407 0

Bugungi kunda mamlakatimizda 20 mingdan ortiq asalari subyektlari faoliyat yuritadi. Qolaversa, 1,1 million asalari oilalari mavjud. Shuningdek, 2021-yilda 300 mingdan ziyod asalari paketlari eksport kilingan, mahalliy sharoitda asalarichilik naslchilik xoʻjaliklarida 1 million donadan ziyod ona ari yetishtirilgan.

“Oʻzbekiston asalarichilari“ uyushmasi matbuot xizmati maʼlumotiga koʻra, Oʻzbekistonda yiliga 25 ming tonnadan ziyod asal yetishtiriladi. Shundan 10 foizi togʻ asali, 50-55 foizi paxta asali, 30 foizi choʻl asali (yantoq, oqquray, isiriq, kavrak, qizilmiya) va 5-10 foizi turli gullar asalidan iborat.

Oʻzbekistonda asosan may oyining oxiri va iyul oyigacha choʻl asali yetishtiriladi. Iyun — avgust oylari paxta asali yetishtiriladi. Iyul-sentyabr oylarida togʻ asali yetishtiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?