Oʻzbekistonda yil boshidan buyon qancha lift modernizatsiya qilingani aytildi

08:09 01 Dekabr 2021 Jamiyat
476 0

30-noyabr kuni AOKAda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi vakillari 2021-yil 26-noyabr holatiga koʻra 409 ta lift modernizatsiya qilingani va 40 ta lift taʼmirlanganini maʼlum qildi.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-iyundagi 376-son qaroriga asosan 2021-yilga moʻljallangan dastur doirasida mahalliy byudjetdan 104,4 mlrd soʻm ajratilgan. Mazkur mablagʻlar hisobidan 591 ta liftni (535 ta bino, 56 ta taʼmirlash) rekonstruksiya qilish va taʼmirlash rejalashtirilgan.

Ekspert xulosalari va tuzilgan shartnomalar bilan tuzilgan loyiha smetasiga asosan 512 ta liftni modernizatsiya qilish, 44 ta lift uskunasini taʼmirlash rejalashtirilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?