Oʻzbekistonda ilk bor qon plazmasidan inson albuminini ishlab chiqarish boshlanadi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida joriy yilda farmatsevtika boʻyicha 1 milliard dollarlik yangi loyihalarni shakllantirib, boshlash zarurligi qayd etildi.
Bundan tashqari, viloyatlar hokimliklari tomonidan jami 2,5 milliard dollarlik farmatsevtika loyihalari boʻyicha takliflar tayyorlangan. Ushbu loyihalar hisobiga yiliga 1 milliard dollarlik import oʻrnini bosuvchi dorilarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish mumkin.
Misol uchun, Andijonda 203 million dollarlik 16 ta loyiha amalga oshirish reja qilingan. Jumladan, 30 million dollarlik loyihada Oʻzbekistonda ilk bor qon plazmasidan inson albuminini ishlab chiqarishni boshlash koʻzda tutilmoqda.
Sirdaryoda ham bu yil 188 million dollarlik loyihani ishga tushirib, birgina Afgʻonistonning oʻziga 50 million dollarlik dori vositalarini eksport qilish rejasi bor.
Lekin Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo hokimlari taklif qilayotgan loyihalar 100 million dollarga ham yetmasligi koʻrsatib oʻtildi.
Taqdim qilingan loyihalarning iqtisodiy samaradorligini oʻrganib, amalga oshirish choralarini koʻrish topshirildi. Mutasaddilarga past quvvatda ishlayotgan yoki mulki bank balansiga olingan korxonalarni sogʻlomlashtirish dasturini boshlash vazifasi qoʻyildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Sohibqironning bolalik va oʻsmirlik davrlariga bagʻishlangan “Temurbek” nomli tarixiy qissa taqdimot qilindi (+fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
- Amir Temur xotirasiga yuksak ehtirom koʻrsatildi
- Telegram bir sutka ichida 100 mingdan ortiq kanal va guruhlarni blokladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring