Oʻzbekistonda ilk bor Osiyo – Tinch okeani mintaqasidagi savdoni soddalashtirish boʻyicha nufuzli anjuman oʻtkazilyapti
Foto: “Xalq soʻzi”
Abdulaziz Yoʻldoshev/«Xalq soʻzi». Samarqandda Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani boʻyicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) hamkorligida Osiyo – Tinch okeani mintaqasida savdoni soddalashtirish masalalariga bagʻishlangan 11-xalqaro forum boʻlib oʻtmoqda.
Unda 30 dan ortiq mamlakatdan 250 nafardan ziyod xususiy va davlat kompaniyalarining masʼullari, xalqaro ekspertlar, oʻndan ortiq xalqaro tashkilot vakillari qatnashmoqda.
Ayni paytda savdo, transport-logistika, raqamlashtirish va kommunikatsiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, elektron maʼlumotlar almashinuvi orqali savdoni soddalashtirish va biznes yuritishning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etib boryapti.
— Forumining asosiy maqsadi Osiyo – Tinch okeani mintaqasida savdoni soddalashtirish va bu jarayonga har bir bojxona hamda savdo vazirligi xodimlarini jalb qilishdan iborat, — deydi Janubiy Koreyalik xalqaro ekspert Kijin Kim. — Ishtirokchilar oʻz mamlakatlaridagi bilim va tajribalarini almashishlari va boshqalardan oʻrganishlari mumkin. Shuni alohida taʼkidlashni istardimki, Osiyo – Tinch okeani mintaqasidagi savdoni soddalashtirish boʻyicha tadbir Markaziy Osiyo va Oʻzbekistonda ilk bor oʻtkazilyapti. Oʻzbekiston Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish yoʻlida dadil qadam qoʻymoqda. Qolaversa, Oʻzbekiston savdo turlarini osonlashtirish boʻyicha eng yaxshi davlat ekanligi uchun ham biz shu yerdamiz. Oʻylaymanki, bu hammamiz uchun birdek manfaatli boʻladi.
Forumda Osiyo – Tinch okeani mintaqasida savdosini soddalashtirish uchun raqamlashtirishdan qanday foydalanish mumkinligiga eʼtibor qaratilyapti. Shuningdek, interfaol va informatsion sessiyalar oʻtkazilmoqda. Ishtirokchilar savdoni soddalashtirish va raqamlashtirishning oʻziga xos ahamiyati boʻyicha tajriba almashib, istiqboldagi rejalarni belgilab olish imkoniga ega boʻlishyapti.
Forum 5-aprelga qadar davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev: Ezgulik, bilim va maʼrifatni qurol qilib, jaholat va yovuzlik yoʻlini toʻsaylik!
- 17 nafar professor-oʻqituvchiga ilmiy unvon berildi
- Davron Kabulovning otasi “oʻgʻrilik” boʻyicha sudlanib, qariyb 345 mln soʻm jarimaga tortilgani maʼlum boʻldi
- Prezident Shavkat Mirziyoyev Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiga tashrif buyurdi — Fotoreportaj
- Isroil va Eron nizosi yangi bosqichga chiqdi
- Sen yetim emassan: Odamiylik timsoliga aylangan oila
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring