Oʻzbekistonda harorat -15 darajagacha pasayishi kutilyapti

12:37 16 Noyabr 2020 Jamiyat
399 0

18-20-noyabrda Oʻzbekiston hududiga Gʻarbiy Qozogʻiston orqali Ural (Yekaterinburg) hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

“Oʻzgidromet” xabariga koʻra, 18-19-noyabrda respublika boʻyicha yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. 18-noyabrda Buxoro, Navoiy viloyatlarining baʼzi joylarida biroz qor yogʻishi mumkin. 19-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi.

18-19-noyabrda respublikaning togʻ hududlarida qor yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Respublikaning baʼzi joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

18-20-noyabrda barcha joylarda harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, shimolda 10-15 daraja sovuq, kunduz kuni 0-5 daraja sovuq boʻlishi kutilmoqda.

Oʻrtacha kecha-kunduzlik havo harorati meʼyordan 10-15 darajaga kam boʻlishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?