Oʻzbekistonda hafta oxirigacha yana 7 ta charter reys amalga oshiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirigʻiga asosan koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasi tomonidan chet eldagi fuqarolarni charter reyslar orqali mamlakatga olib kelish yuzasidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, 24-27-mart kunlari har kuni Rossiya Federatsiyasining Moskva shahridan bittadan jami 4 ta reys (RF mahalliy vaqti boʻyicha soat 17:00da);
Turkiyaning Istanbul shahridan 24 va 27-mart kunlari 2 ta reys (Turkiyaning mahalliy vaqti boʻyicha soat 23:00da) amalga oshiriladi.
Shuningdek, Koreya Respublikasining Seul shahridan 29-mart kuni charter reys (vaqti aniqlanmoqda) amalga oshiriladi.
Xuddi shu kabi kelgusi haftada ham Rossiya Federatsiyasining Moskva, Sankt-Peterburg, Turkiyaning Istanbul, BAAning Dubay shaharlaridan fuqarolarni charter reyslari orqali olib kelish ishlari davom etadi.
“Shuni alohida taʼkidlash lozimki, samolyot ekipaji aʼzolari ham xavfsizlik nuqtayi nazaridan, koronavirus inkubatsiyasi davridan kelib chiqib, karantin ostida saqlanishini hamda maxsus komissiya tomonidan mazkur masalani imkon qadar qisqa muddat ichida bartaraf etish choralari koʻrilayotganligini inobatga olgan holda, chet elda boʻlib turgan fuqarolarimiz tomonidan sabrli boʻlishlari soʻraladi.
Charter reyslar orqali mamlakatimizga olib kelinadigan barcha fuqarolar maxsus komissiya talablariga muvofiq, maxsus tekshiruvlardan oʻtkaziladi va qatʼiy ravishda respublikaning hududlarida karantin tadbirlari uchun tashkil etilgan sanatoriy va boshqa muassasalarda 14 kunlik karantinda nazoratda saqlanadi”, deyiladi respublika maxsus komissiyasi tomonidan Kun.uzʼga taqdim etilgan maʼlumotda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
- Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring