Oʻzbekistonda hafta oxirida ob-havo keskin sovuqlashadi

Haftaning birinchi yarmida bahoriy iliq havo saqlanib turadi. Hafta oxiriga kelib esa qishki ob-havo qaytadi. Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar berdi.
19-20-yanvarda respublika hududlarining koʻp qismida yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpogʻistonda, Xorazm, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining baʼzi joylarida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. 20-yanvarda Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida qor yomgʻirga aylanadi.
21-yanvarda respublika hududlarining koʻp qismida yogʻingarchilik kutilmaydi, Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida qor yogʻadi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechga tomon baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin.
22-yanvarda ob-havo keskin oʻzgara boshlaydi. Respublika boʻyicha qor yogʻadi, faqat shimoliy hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi.
23-yanvarda havo juda sovuq boʻlishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 5-10 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 2 daraja sovuq 3 daraja iliqni tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kun fotosi: Hokim fuqarolarning xonadonini oqlab berdi
- Kun fotosi: Namangan viloyati hokimining vaqtinchalik uyi deyarli tayyor boʻldi
- Toshqulov rektorlar nobud boʻlgan 5 nafar talabaning janozasida qatnashib marhumlarning ota-onalariga moddiy yordam berilganini maʼlum qildi
- Kun fotosi: Buxoroda 1000 ta “konteyner uy” imtiyozli kredit asosida muhtoj oilalarga tarqatiladi
- Gʻaniyev taqdimot vaqtida qiyinchilikka duch keldi, Prezident uning rejalaridan qoniqmadi
- Kun fotosi: Buxoro viloyati hokimi ham konteynerga koʻchib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring