Oʻzbekistonda gumonlanuvchilar, qamoqqa olinganlar va mahkumlarga elektron braslet taqiladi

Foto: Illustrativ foto
Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra, jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib ushlab turilgan, oʻziga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan shaxs va mahkumlarning qochish holatlarining oldini olish maqsadida elektron brasletdan foydalanish tizimi joriy etiladi.
Konvoy ostidagi shaxslar qochishga uringanda (elektron brasletni yechish, shikast yetkazish, konvoychi xodimdan uzoqlashish va boshqa holatlarda) elektron braslet tovushli va vizual xabarni onlayn rejimida avtomatik tarzda biriktirilgan konvoychi xodimga va hududiy ichki ishlar organlari, Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi harbiy qismlari, tergov hibsxonalari hamda jazoni ijro etish koloniyalarining navbatchilik qismlariga uzatadi.
Qochib ketishga uringan konvoy ostidagi shaxslarni ularga taqilgan elektron brasletlardan uzatilayotgan “GPS” signaliga muvofiq “issiq izi”dan ushlash choralari koʻriladi.
2024-yil 1-dekabrga kadar IIO konvoy boʻlinmalari elektron brasletlar bilan toʻliq taʼminlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
- Shvetsiya parlamenti Ukrainaga 600 million dollarlik harbiy yordam ajratishni maʼqulladi
- Donald Trampning hibsga olinish xavfi maʼlum boʻldi
- Rossiya Belarusda yadro quroli joylashtirishni maʼlum qildi. AQSHda xotirjamlik, Yevropa Ittifoqi esa javob berish bilan tahdid qilmoqda
- Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizni mukofotlash toʻgʻrisida
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring