Oʻzbekistonda fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasi yaratiladi

10:59 29 May 2021 Jamiyat
343 0

Bugun Oliy Majlis Senatining oʻn beshinchi yalpi majlisida “Fazoviy maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni muhokama qilindi.

Globallashyotgan dunyoda, jumladan mamlakatimizda ham geoaxborot texnologiyalarini hayotga keng joriy etish va deyarli barcha sohalarda geoaxboriy faoliyat turiga oʻsib borayotgan ehtiyojni taʼminlash uchun siyosiy va xuquqiy munosabatlarni yangi shaklda tashkil etish hamda Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasini muvaffaqiyatli yaratish va rivojlantirishni institutsional qoʻllab-quvvatlash zaruratga aylandi.

Shu maqsadda “Geodeziya va kartografiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha ravishda, qonunchilik jarayoni rivojlanishining yangi bosqichi va fazoviy maʼlumotlarni yaratish va ulardan foydalanish sohasidagi faoliyat yuritishda huquqiy, iqtisodiy, boshqaruv va tashkiliy asoslarini yuridik mustahkamlash maqsadida “Fazoviy maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonun ishlab chiqildi.

Ushbu Qonun tasdiqlanishi bilan fazoviy maʼlumotlarni yaratish va ulardan foydalanish, fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasini yaratish, qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish sohasida munosabatlar tartibga solinadi.

Shuningdek, Qonun fazoviy maʼlumotlarni yaratish va ulardan foydalanish sohasida qonunchilikni tartibga solish va tizimlashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fazoviy maʼlumotlar milliy infrastrukturasini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ushbu Qonunda fazoviy maʼlumotlar, fazoviy maʼlumotlarga ishlov berish, fazoviy maʼlumotlarning metamaʼlumotlari, fazoviy obyektlar kabi tushunchalarning mazmun-mohiyati aks etish, ular haqidagi axborot ijtimoiy hayotimiz uchun naqadar zarur va dolzarb ekanligini anglatadi.

Qonun qabul qilinishi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Mudofa vazirligi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasini yaratish, amal qilishi va rivojlantirish sohasidagi vakolatlari belgilab qoʻyilmoqda;

Geodeziya va kartografiya sohasiga yangi axborot va innovatsion raqamli texnologiyalarni keng joriy etishga eʼtibor qaratilmoqda.

Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?