O‘zbekistonda eng ko‘p qog‘ozbozlikka yo‘l qo‘ygan tashkilotlar aniqlandi

18:18 06 Avgust 2022 Jamiyat
796 0

Foto: Illustrativ surat

Oʻzbekiston prezidentining qator farmonlari asosida davlat xizmatlari koʻrsatish tartiblariga rioya etilishi holati respublika miqyosida oʻrganildi.

Oʻrganish natijasida quyidagi vazirlik va idoralar tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilmagan holda fuqarolar hamda tadbirkorlardan davlat xizmatlari koʻrsatilishida hamda ishga qabul qilish jarayonida ortiqcha hujjatlar talab qilinganligi aniqlandi:

- Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi – 50 dan ortiq;

- Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi – 20 dan ortiq;

- Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi – 20 dan ortiq;

- “Oʻzsuvtaʼminot” AJ – 600 dan ortiq;

- “Hududgaztaʼminot” AJ – 300 dan ortiq;

- “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ – 40 dan ortiq.

Adliya vazirligi tomonidan mazkur qonunchilik hujjatlarining buzilishiga yoʻl qoʻyganligi yuzasidan yuqoridagi vazirlik va tashkilotlarga nisbatan taqdimnoma hamda ogohnoma taʼsir choralari qoʻllanildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?