Oʻzbekistonda energiya muammosi sabab tadbirkorlar 220 million dollarlik asbob-uskunalarini ishlata olmayotgani aytildi

19:20 08 Aprel 2021 Siyosat
580 0

Prezident boshchiligida oʻtkazilayotgan videoselektor yigʻilishida  tadbirkorga energiya taʼminotida muammo boʻlmasligi kerakligi alohida qayd etildi.

Davlat rahbari joriy yilda tadbirkorlarda energiya taʼminoti va boshqa infratuzilma bilan bogʻliq muammolar boʻlmasligi kerakligiga urgʻu berdi. Raqamlarga koʻra, misol uchun, elektr quvvati past boʻlgani bois, Yangihayot tumanidagi 24 ta korxonada 2,5 mingta ish oʻrni va eksportdan yiliga 25 million dollar yoʻqotilmoqda.

Umuman, respublikada infratuzilmadagi muammolar tufayli, 320 ta tadbirkor soʻnggi 2 yilda import qilgan 220 million dollarlik asbob-uskunalarini ishga tushira olmayapti.

Joriy yilda tadbirkorlarning elektr energiyasi bilan bogʻliq muammolarni hal qilishga 560 milliard soʻm ajratildi.

Yigʻilishda Prezidentimiz bundan tashqari, A.Sultanov, Mustafoyev, B.Abdinazarov viloyat hokimlari bilan birga, bir oy muddatda muammosi mavjud sanoat zonalarini xatlovdan oʻtkazib, elektr taʼminotini yaxshilash boʻyicha ishlarni boshlash vazifasini yukladi.
Bunga yana qoʻshimcha 300 milliard soʻm ssuda mablagʻlari ajratiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?