Oʻzbekistonda elektron sigaretalar va IQOSlar taqiqlanishi mumkin

06:58 13 Aprel 2024 Jamiyat
475 0

SSV tomonidan ishlab qonun loyihasiga koʻra, Oʻzbekistonda elektron sigaretalar va tamakini qizdirish tizimlarini (IQOS) muomalasini taqiqlash koʻzda tutilmoqda. Shuningdek, ushbu mahsulotlar muomalasini taqiqlash bilan bogʻliq huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Hujjatda aytilishicha, maktablarning yuqori sinf oʻquvchilari orasida elektron sigaretalarga qiziqish tez surʼatlarda ortmoqda, xususan, 26,6 ming oʻgʻil bolalar va 8,6 ming qiz bolalar chekishga moyil.

Maktab va jamoat joylarida oʻtkazilgan reydlarda oʻquvchilardan olingan elektron sigaretalar soni yildan yilga tobora oshib bormoqda. 2019-yilda 6 ta holat, 2020-yilda – 27 ta, 2021-yilda – 31 ta, 2022-yilda — 856 ta, 2023-yilda – 1040 ta aniqlangan.

Agar zarur choralar koʻrilmasa, kelgusida yosh avlodning har beshinchisi (20 foiz) nikotinga qaramlikdan aziyat chekadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер