Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan shaxmat turnirida 5 nafar ishtirokchi xalqaro talablarni bajardi

11:03 23 Avgust 2021 Sport
1020 0

Kecha yakuniga yetgan shaxmat boʻyicha oʻzbekistonlik birinchi grossmeyster Georgiy Agzamov xotirasiga bagʻishlangan anʼanaviy xalqaro turnirda 5 nafar ishtirokchi FIDEning turli talablarini bajardi. Quvonarlisi, ularning toʻrt nafarini oʻzbekistonlik shaxmatchilar tashkil etishdi.

Jumladan, Nilufar Yoqubboyeva ayollar oʻrtasida grossmeysterlik talabini bajarishga muvaffaq boʻldi. Shu bilan birga u erkaklar oʻrtasida xalqaro master talabini ham bajardi.

Ali Qosimov, Muhiddin Madaminov hamda Bobur Sattorovlar esa xalqaro master talabini bajargan shaxmatchilarimizga aylanishdi.

Shuningdek, xalqaro turnirda faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritgan tojikistonlik Muhammad Xusenxodjayev xalqaro grossmeyster talabini bajardi.

Bugun Xalqaro shaxmat akademiyasida ushbu shaxmat ustalariga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Ushbu musobaqa gʻoliblarini taqdirlash marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – turizm va sport vaziri, Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Aziz Abduxakimov ham ishtirok etdi

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?