Oʻzbekistonda Bolalar ombudsmani taʼsis etildi

Bu haqda “Bola huquqlarining kafolatlarini taʼminlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmonida belgilab qoʻyildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) oʻrinbosari — Bola huquqlari boʻyicha vakil lavozimi tugatildi.
Farmonga koʻra, Bolalar ombudsmani oʻz vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari, ularning mansabdor shaxslariga tobe boʻlmagan tarzda amalga oshiradi, oʻz faoliyatida Oliy Majlis palatalariga hisobdordir.
Bolalar ombudsmani Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan besh yil muddatga saylanadi.
Bolalar ombudsmani lavozimiga nomzod Oliy Majlisning palatalari koʻrib chiqishi uchun Prezident tomonidan kiritiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring