Oʻzbekistonda bir kunda 83 nafar bemor koronavirusdan sogʻaydi

18:53 21 Aprel 2020 Jamiyat
729 0

Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasidan ham koronavirus infeksiyasiga chalingan navbatdagi 10 nafar bemor butkul sogʻaydi. Ular Sogʻliqni saqlash vazirligi masʼullar ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Sogʻayganlarning 3 nafari Moskva – Toshkent , 1 nafari Istambul – Toshkent yoʻnalishida charter reysda kelishgan va karantinga olingan. Qolgan 6 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Bemorlardan 5 nafari erkak, 5 nafari ayollardir. Ulardan 9 nafari poytaxtimizdan, 1 nafari Xorazm viloyatidan. Ular orasida eng yoshi kattasi 62 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 11 yoshda.Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasida shu paytga qadar 32 nafar bemor sogʻaygan boʻlsa, endilikda ular 42nafarga yetdi.

Hozircha bugungi kun davomidamamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar soni 344 nafarni tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?