Oʻzbekistonda avtomobillar harakatiga 72 soatlik cheklov amal qila boshladi

10:42 31 Iyul 2020 Jamiyat
558 0

31-iyul — Qurbon hayiti bayramida, shuningdek 1-2-avgust – shanba-yakshanba kunlari butun respublika boʻylab avtotransport vositalari harakati kuchaytirilgan tartibda cheklanadi.

Hayit bayramini oila davrasida, kamtarona, karantin qoidalariga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkazish tavsiya etiladi.

Oʻzbekiston musulmonlar idorasi uyma-uy yurib, turli xil azaxonliklar, maʼraka-marosimlarni oʻtkazmaslik, qabristonlar ziyoratidan saqlanishni soʻragan.

Uch kun davomida faqat 2 toifa avtomobillar harakatiga ruxsat beriladi:

— maxsus ruxsatnomasi bor mashinalar;

— maxsus ruxsatnomasiz yurish huquqiga ega mashinalar.

Kechiktirib boʻlmaydigan tez tibbiy yordam bilan bogʻliq hollarda, tibbiyot muassasasiga borayotgan va undan qaytayotgan shaxsiy avtotransport vositalari harakatlanishi uchun stiker talab etilmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?