Oʻzbekistonda auditorlik xizmatlari bozori isloh qilindi

01:35 23 Yanvar 2022 Jamiyat
774 0

Foto: Illustrativ foto

Oʻzbekistonda auditorlik xizmatlari bozoriga oʻzgartirishlar kiritildi.

Maʼlumotlarga koʻra, auditorlik faoliyatini tartibga solishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmini yaratish maqsadida 2021-yil 1-yanvardan boshlab auditorlik faoliyatini litsenziyalash tartibi bekor qilingan.

Qayd etilishicha, auditorlarni sertifikatlashning zamonaviy tizimini joriy etish, ularning malakasi oshkoraligini taʼminlash, xalqaro moliyaviy hisobot standartlari va xalqaro audit standartlariga muvofiq auditorlik tashkilotlarida sertifikatlangan mutaxassislar sonini koʻpaytirish maqsadida 2021-yil 4-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-avgustdagi qarori «Auditorlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori jamoat birlashmalariga oʻtkazishni nazarda tutadi.

Auditorlik tashkilotlari va auditorlar uchun qator imtiyozlar yaratilib, ularning soni kundan-kunga ortib bormoqda. 2022-yil 1-yanvar holatiga auditorlik tashkilotlari soni 96 taga yetdi, mazkur tashkilotlarda 650 dan ortiq auditor faoliyat yuritmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер