Oʻzbekistonda 99 yoshli onaxon koronavirusdan sogʻayib chiqdi

20:47 26 Mart 2021 Jamiyat
2700 0

Shu yilning 14-mart kuni Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 1922-yilda tugʻilgan fuqaro T. T. koronavirus tashxisi bilan olib kelingan.

Bemorda oʻtkazilgan PZR testi natijalari musbat chiqqan, rentgen tekshiruvlarida ikki tomonlama gidrotoraks suyuqlik aniqlangan.

— Davolash jarayonida torakal jarrohlik yoʻli bilan bemorning oʻpkasidan 10 kun davomida 4-marta, jami 2 litr suyuqli olindi, — deydi shifoxonaning reanimatsiya boʻlimi mudiri Dono Joʻlamanova. — Bemor kichik operatsiyadan ham muvaffaqiyatli chiqdi, ikki hafta davomida intensiv davo muolajalari oʻtkazildi. Shu tarzda bemorning ahvoli ijobiy tomonga oʻzgara boshladi. Nihoyat, muolajalardan soʻng olingan PZR testi manfiy natijani koʻrsatdi.

Bundan tashqari, bemorda hamroh kasalliklar ham mavjud boʻlgan. Bemordagi yurak yetishmovchiligi asoratlari ham tezda bartaraf etildi.

Shunday qilib, shifokorlarimizning toʻgʻri tanlangan tizimli muolajalari sabab 99 yoshli bemor onaxon koronavirusdan butkul sogʻayib, oʻz uyiga ruxsat berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?