Oʻzbekistonda 8-avgust kuni ham issiq va quruq ob-havo boʻladi

12:52 07 Avgust 2024 Jamiyat
279 0

“Oʻzgidromet” 8-avgust, payshanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida maʼlumot berdi.

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 23-25 daraja, kunduzi 39-41 daraja boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.

  • Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 37-42 daraja, baʼzi joylarda 44 darajagacha boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.

  • Harorat kechasi 23-28 daraja, kunduzi 37-42 daraja boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 21-26 daraja, kunduzi 37-42 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 23-28 daraja, kunduzi 38-43 daraja, baʼzi joylarda 45 darajagacha boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 21-26 daraja, kunduzi 34-39 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 27-32 daraja boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер