Oʻzbekistonda 7 oyda pensiya va nafaqa oluvchilar qariyb 140 ming nafarga koʻpaydi

14:29 21 Avgust 2021 Jamiyat
876 0

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining hududiy tuman (shahar) boʻlimlarida hisobga olingan pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 2021-yil 1-avgust holatiga 3 959,7 ming nafarni (bundan, 2 245,5 ming nafari (56,7 foizi) ayollar) yoki aholi sonidagi ulushi 11,4%ni tashkil qilgan holda 2021-yil 1-yanvar holatiga nisbatan 134,5 ming nafar (3,5%)ga koʻpaydi.

Shundan, 2 939,5 ming nafari (74,2%)ni yoshga doir pensiya (bundan, 1 881,6 ming nafari yoki 64 foizi ayollar), 396,8 ming nafari (10,0%)ni nogironlik pensiya (bundan, 162,8 ming nafari yoki 41 foizi ayollar), 193,5 ming nafari (4,9%)ni boquvchisini yoʻqotganlik pensiya oluvchi oilalar va 429,9 ming nafari (10,9%)ni nafaqa oluvchilar tashkil qildi (bundan, 201,1 ming nafari yoki 46,9 foizi ayollar).

Xususan, 2021-yil 1-yanvar holatiga nisbatan, yoshga doir pensiya oluvchilar soni 90,5 ming nafar kishi (3,2%)ga, nogironlik pensiya oluvchilar soni 10,2 ming nafar kishi (2,7%)ga, boquvchisini yoʻqotganlik pensiya oluvchi oilalar soni 4,4 ming oila (2,3%)ga va nafaqa oluvchilar soni 29,4 ming nafar kishi (7,3%)ga ortdi.

2021-yilning yanvar-iyul oylarida 226,8 ming nafar (bundan, 110,5 ming nafari yoki 48,7 foizi ayollar) fuqarolarga yangi pensiya va nafaqalar tayinlandi (shundan, 149,3 ming nafari  (65,8%)ga yoshga doir pensiya, 20,7 ming nafari (9,2%)ga nogiron shaxs sifatida pensiya, 13 ming oila (5,7%)ga boquvchisini yoʻqotganlik pensiya va 43,8 ming nafari (19,3%)ga nafaqalar tayinlandi).

2020-yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 36,7 ming nafar yoki 19,3 foiz fuqarolarga pensiya va nafaqa koʻp tayinlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?