Oʻzbekistonda 5 ballik magnit boʻronlari kuzatilishi mumkin

18:51 30 Sentyabr 2022 Jamiyat
855 0

Foto: Arxiv surat

Oʻzbekistonda 1-oktyabr kuni magnit boʻronining 5 balli faol bosqichi kuzatilishi prognoz qilinmoqda.

Magnit boʻroni aloqa, elektr tarmoqlari, navigatsiya tizimi bilan birga, inson salomatligiga ham salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Quyosh chaqnashlari tufayli hosil boʻlgan magnit maydoni gipertoniklarda qon bosimi oshishi, gipotoniklarda esa aksincha, qon bosimi pasayishiga sabab boʻladi.

Bundan surunkali xastaliklarga chalingan, oʻrta va katta yoshli insonlar, ayniqsa, yurak ishemik kasalligi bilan ogʻrigan yoki miokard infarkt, insultni boshdan oʻtkazgan bemorlar koʻproq aziyat chekadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?