Oʻzbekistonda 45,4 mingta korxona va tashkilotlar qurilish sohasida faoliyat yuritmoqda

10:05 09 Avgust 2022 Jamiyat
168 0

Foto: Illustrativ surat

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning 1-iyul holatiga Oʻzbekistonda qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 45,4 mingtani tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 mingtaga oshdi.

Respublikada faoliyat yuritayotgan qurilish tashkilotlari:

Bino va inshootlar qurish – 25 ming 702 ta

Fuqarolik obektlarini qurish – 5 ming 259 ta

Ixtisoslashtirilgan qurilish – 14 ming 408 ta

Faoliyat yuritayotgan qurilish tashkilotlari soni eng koʻp boʻlgan hududlar:

Toshkent shahri – 9 244 ta;

Toshkent viloyati – 3 945 ta;

Fargʻona viloyati – 3 771 ta;

Samarqand viloyati – 3 429 ta.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?