Oʻzbekistonda 4-iyun kuni havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi

23:52 03 Iyun 2022 Jamiyat
403 0

Foto: Illustrativ foto

“Oʻzgidromet” 4-iyun kuni respublika hududlarida kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Qoraqalpogʻiston, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-iyunda kechasi 12-17°, kunduzi 30-35°, 5-iyunda kechasi 12-17°, kunduzi 32-37°, 6-iyunda kechasi 15-20°, kunduzi 32-37°, 7-iyunda kechasi 17-22°, kunduzi 35-40° boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-iyunda kechasi 13-18°, kunduzi 30-35°, 5-iyunda kechasi 13-18°, kunduzi 32-37°, 6-iyunda kechasi 15-20°, kunduzi 32-37°, 7-iyunda kechasi 15-20°, kunduzi 35-40° boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-iyunda baʼzi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4-iyunda kechasi 11-16°, kunduzi 27-32°, 5-iyunda kechasi 13-18°, kunduzi 30-35°, 6-7-iyunda kechasi 15-20°, kunduzi 32-37° boʻladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-iyunda baʼzi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4-iyunda kechasi 14-19°, kunduzi 29-34°, 5-iyunda kechasi 14-19°, kunduzi 32-37°, 6-iyunda kechasi 17-22°, kunduzi 32-37°, 7-iyunda kechasi 17-22°, kunduzi 35-40° boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 4-iyunda baʼzi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4-iyunda kechasi 13-18°, kunduzi 25-30°, 5-iyunda kechasi 13-18°, kunduzi 28-33°, 6-iyunda kechasi 13-18°, kunduzi 30-35°, 7-iyunda kechasi 15-20°, kunduzi 32-37° boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, 4-iyunda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Ayrim hududlarda doʻl yogʻishi mumkin. 5-7-iyunda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-iyunda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4-iyunda kechasi 6-11°, kunduzi 13-18°, 5-iyunda kechasi 6-11°, kunduzi 17-22°, 6-7-iyunda kechasi 8-13°, kunduzi 22-27° boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер