Oʻzbekistonda 30-iyun kuni havo harorati 45 darajagacha koʻtariladi

07:44 30 Iyun 2022 Jamiyat
703 0

Foto: Illustrativ foto

“Oʻzgidromet” 30-iyun, payshanba kuni uchun ob-havo maʼlumotini taqdim etdi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24-26°, kunduzi 39-41° boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 35-40° boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-30°, kunduzi 35-40° boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 21-26°, kunduzi 37-42° boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-30°, kunduzi 40-45° boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 21-26°, kunduzi 37-42° boʻladi.

Respublikamizning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-21°, kunduzi 30-35° boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?