Oʻzbekistonda 30-iyul kuni harorat 39 darajaga koʻtariladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin

19:56 29 Iyul 2022 Jamiyat
640 0

Foto: Arxiv surat

“Oʻzgidromet” Oʻzbekiston boʻylab 30-iyul kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 23-25°, kunduzi 34-36° boʻladi.

Qoraqalpogʻiston, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 30-35° boʻladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 31-36° boʻladi.

Toshkent viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 32-37° boʻladi.

Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 32-37° boʻladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-30°, kunduzi 34-39° boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 31-36° boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, , baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 20-25° boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?